Noodatiy xaridor — budda rohibi Shanxaydagi maishiy texnika do‘konlaridan biriga uyum-uyum mayda pul bilan keldi, deya xabar bermoqda “TASS” Xitoy OAVlariga tayanib.
220 mingtadan ortiq mayda tanga evaziga u o‘z ibodatxonasi uchun suv isituvchi uskunalarni sotib oldi.
716 kilogrammlik tangalarni sanab chiqish uchun 13 soat talab etildi. Ta’kidlash joiz, bu tashvish do‘kon uchun to‘satdan bo‘lgani yo‘q: mijoz oldindan bir nechta do‘konga qo‘ng‘iroq qilib, bunday shakldagi to‘lovni qabul qilish-qilmasliklarini so‘ragan, ulardan faqat bittasi bunga rozi bo‘lgan edi.
Har biri 1 szyao (taxminan 2 sent)lik mayda tangalar ibodatxonada ziyoratchilarning ko‘p yillik xayriyalari tufayli to‘planib qolgan. Bu pulga ibodatxona 16 ta suv isitish uskunasini xarid qildi.
Izoh (0)