Malayziyalik milliarder Robert Kuokning turmush o‘rtog‘i o‘lik holda topildi. Segodnya.ua’ning xabar berishicha, ishbilarmonning 65 yoshli xotini jasadi Seul markazidagi hashamatli mehmonxonalardan birida topilgan.
Janubiy koreyalik ekspertlarning dastlabki xulosalariga ko‘ra, o‘limga yurak xuruji sabab bo‘lgan. Qayd etishlaricha, ayol Seulga qizining to‘yiga kelgan edi.
Kelib chiqishi xitoylik bo‘lgan Robert Kuok Malayziyaning eng boy fuqarosi, Janubi-Sharqiy Osiyoning esa eng badavlat ikkinchi odami hisoblanadi. Uning boyligi taxminan 14 milliard dollarga teng, deb hisoblanadi.
Izoh (0)