• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.19
    • RUB155.71
    • EUR14597.97
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkent shahrida Milliy nevrologiya va neyroreabilitatsiya tibbiyot markazi ochiladi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-avgust kuni sog‘liqni saqlash tizimini transformatsiya qilish va tibbiy yordam sifatini oshirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, kasalliklarni davolashda katta yuklama respublika muassasalariga tushmoqda. Shu bois viloyat va tuman miqyosida xizmatlarni kengaytirib, tibbiyotni aholiga yaqinlashtirish choralari ko‘rilmoqda. Shu maqsadda 1 ming 500 ta klinik protokol xalqaro talablarga moslashtiriladi va standart jarrohlik amaliyotlari ishlab chiqiladi. Eng keng tarqalgan kasalliklar bo‘yicha bemorlar marshrutlari ishlab chiqiladi va raqamlashtiriladi.

    So‘nggi yillarda insult va infarktga olib keladigan gipertoniya, yurak ishemik kasalligi va qandli diabetning ko‘payishi kuzatilmoqda. Bunday holatlarning 85 foizi nogironlikka olib kelmoqda.

    “Birlamchi bo‘g‘inda sunʼiy intellektni keng qo‘llagan holda ushbu kasalliklarning oldini olish va davolash bo‘yicha yangicha protokol va yondashuvlarni joriy qilish taklifi bildirildi. Jumladan, EKG-telemetriya, telemeditsina, trombolizis terapiya, stentlash va tromboekstratsiya yo‘lga qo‘yiladi. Insult belgilarini erta aniqlash algoritmini ommalashtirish va aholiga o‘rgatishga alohida eʼtibor qaratiladi”, deyiladi manbada.

    Maʼlum qilinishicha, nevrologik kasalliklar va insultni samarali davolash maqsadida Milliy nevrologiya va neyroreabilitatsiya tibbiyot markazi tashkil etiladi. Markaz uchun Toshkent shahrida 250 o‘rinli zamonaviy bino quriladi, unda yiliga uch mingdan ortiq jarrohlik amaliyotini o‘tkazish imkoniyati bo‘ladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Markaz hamda Samarqand va Buxorodagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlari klinikalari zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadi. Yaponiyalik hamkorlar ko‘magida xalqaro standartlar bo‘yicha erta reabilitatsiya xizmati joriy etiladi. 150 nafar mutaxassis xorijda malaka oshiradi. Loyiha uchun 150 million dollar yo‘naltiriladi. Ushbu chora-tadbirlar nogironlik va mehnatga layoqatsizlikni kamaytirish imkonini beradi.

    Shuningdek, amaldagi sog‘liqni saqlash tizimini xaritalash va raqamlashtirish, shu asosda tibbiyot muassasalarini yagona yondashuv asosida tashkil etish bo‘yicha master-reja ishlab chiqish taklifi bildirildi. Bu ishlar doirasida yangi qurilish standartlari, poliklinika va kasalxonalarning namunaviy loyihalari shakllantiriladi, 210 ta sanitariya normasi qayta ko‘rib chiqiladi.

    Bugungi kunda aholining laboratoriya tahlillariga ishonchi birmuncha past. Laboratoriya xizmatining sustligi profilaktika va davolashni qiyinlashtirmoqda. Tuman darajasidagi 2800 ta poliklinikaga 1500 ta laboratoriya xizmat ko‘rsatyapti, uskunalarning aksariyati eskirgan, ayrim tahlillar qo‘lda bajariladi.

    “Shu bois 2030-yil yakuniga qadar 198 ta markazlashgan laboratoriya tashkil etish, ichki va tashqi sifat nazoratini yo‘lga qo‘yish, jarayonlarni to‘liq raqamlashtirish ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, bepul tahlillar soni oshiriladi”, deya qayd etgan manba.

    Taqdimotda Hamshiralar akademiyasini Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Professional tibbiyot akademiyasiga aylantirish taklifi bildirilgan. Xalqaro hamkorlar bilan birga yangi dasturlar joriy qilinishi, hamshiralarni NCLEX imtihoni asosida xalqaro sertifikatlash yo‘lga qo‘yilishi qayd etilgan. Oliy maʼlumotli hamshiralar tayyorlash yo‘nalishiga qabul kvotasi bosqichma-bosqich oshirilishi taʼkidlangan.

    “Bundan tashqari, barcha o‘quv dasturlari xalqaro tashkilotlar talablari asosida akkreditatsiyadan o‘tkaziladi, oilaviy tibbiyot bo‘yicha integratsiyalashgan taʼlim dasturi va bir yillik internatura joriy etiladi. “Bemor yonida” o‘qitish ulushini oshirish, bilimlarni baholashning ikki bosqichli tizimi hamda tibbiyot xodimlarini ro‘yxatga olish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilgan”, deya maʼlum qilgan manba.

    Shu bilan birga, taqdimotda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi faoliyatini yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasiga, onalar va bolalar o‘limini kamaytirishga, jarohatlanishning oldini olishga yo‘naltirish taklif etilgan. Buning uchun yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha milliy dastur ishlab chiqiladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Rejaga ko‘ra, 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan dastur qabul qilinib, tibbiyot muassasalarining qon bilan taʼminlanganligi 100 foizga yetkaziladi. Qon preparatlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Qon xavfsizligini taʼminlashning zamonaviy usullari, jumladan, viruslarni inaktivatsiya qilish va nurlantirish joriy etiladi. Bu o‘lim holatlarini kamaytirish va qonga ehtiyojni taʼminlash imkonini beradi.

    Mamlakat farmatsevtika bozori bugungi kunda ikki milliard dollardan oshgan. Bu yo‘nalishda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mezonlarini inobatga olgan holda, dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda tan olish tartibi joriy etiladi. Jeneriklarning bioekvivalent sinovlari o‘tkaziladi, tibbiy buyumlarni ularning xavfsizlik sinflari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazishning tabaqalashtirilgan tizimi qo‘llaniladi. Bu borada faoliyatni boshlash uchun xabardor qilish tartibi joriy etiladi.

    Shartnoma asosida ishlab chiqarish va texnologiyalar transferi rivojlantiriladi, farmnazoratning zamonaviy mexanizmlari tatbiq qilinadi.

    Taqdimotda prezident bildirilgan takliflarni maʼqullab, tegishli hujjatlarni imzolagan. Belgilangan vazifalar ijrosini tizimli va sifatli taʼminlash bo‘yicha topshiriqlar bergan.

    19 avgust, 20:54   Izoh (0)   835
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Kichik xonada istiqomat, saraton tashxisi va tarixiy rekord. Hamzat Chimayevning chempionlikka qadar bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘li haqida

    19 avgust, 14:57

    Belgiya maktablarida telefondan foydalanish taqiqlanadi

    19 avgust, 11:31

    “Skibidi”, “delulu”: Kembrij lug‘atiga TikTok’da mashhur bo‘lgan o‘smirlar so‘zlari qo‘shildi

    19 avgust, 10:36

    Zelenskiy va Tramp uchrashuvida nimalar muhokama qilindi?

    19 avgust, 09:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Qo‘llari bilan uryapti deb o‘ylagandim”: Toshkentda xotinini salkam 20 marta pichoqlagan erkakka hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 19 avgust, 23:45

    O‘shda O‘zbekiston—Qirg‘iziston biznes forumi bo‘lib o‘tdi

    O‘zbekiston | 19 avgust, 23:35

    Makron Putinning Ukrainada “hozir tinchlikka erishishga tayyor ekanligiga” shubha bildirmoqda

    Dunyo | 19 avgust, 23:25

    Kolumbiyada yangi tug‘ilgan qizaloqqa ChatGPT sharafiga ism berildi

    Dunyo | 19 avgust, 23:15

    Tramp Ukrainadagi tinchlik uni jannatga yetaklashi mumkinligiga umid bildirmoqda

    Dunyo | 19 avgust, 23:05

    Labubu qo‘g‘irchog‘i nega dunyo bozorini egallamoqda?

    Dunyo | 19 avgust, 22:50

    Toshkentda BMW va Spark to‘qnashuvi ortidan janjal kelib chiqdi

    O‘zbekiston | 19 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.