Amerikaning markaziy va shimoli-sharqiy shtatlarida parranda grippi epidemiyasi tufayli tuxum, kurka go‘shti va ular qo‘llaniladigan mahsulotlarning narxi oshib ketdi, deb xabar beradi “TASS”.
Aprel oyi o‘rtalarida Ayova shtatida H5N2 grippi parranda fabrikalarida aniqlanayotgani haqidagi ma’lumotlar endi paydo bo‘layotganida, tovuq tuxumlarining katta qadog‘i 1,19 dollar turar edi. Hozirda ularning narxi 17 foizga oshdi va 1,39 dollarni tashkil qilmoqda.AQShda mayonez, non va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan tuxumning narxi yanada oshgan. So‘nggi uch hafta ichida bunday tuxumlarning 12 tasining narxi 60 foizga ko‘tarildi va endi ular 63 sentdan emas, 1,03 dollardan sotilmoqda.
Kurkaning bir funti (453 gramm) 3,37 dollardan 3,70 dollarga ko‘tarildi.
Hukumat xabarlariga qaraganda Ayovaning o‘zida 26 million dona tovuq yo‘q qilingan. Ayova, Minnesota va Viskonsinda favqulodda holat joriy qilingan.
H5N2 virusi shu kunga qadar Amerikaning 13 ta shtatida aniqlandi. Olimlar hozircha grippning parrandadan odamga yuqqan holatlarini qayd qilmadi.
Izoh (0)