Kosovo poytaxti Prishtinadagi aeroport tepasida Yevroittifoq missiyasi vertolyoti halokatga uchradi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net” NATO vakiliga tayanib. Natijada bir necha kishi jarohat oldi.
Kosovo OAVlari yozishicha, hodisadan so‘ng Prishtina aeroporti yopilgan.
Jabrlanganlarning aniq soni va boshqa tafsilotlar hozircha oshkor etilmayapti.
Izoh (0)