Nepalda 12-may, seshanba kuni ertalab sodir bo‘lgan navbatdagi zilzila qurbonlari soni 53 kishiga yetdi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net” G‘arb OAVlariga tayanib.
Nepal hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar orasida 36 nafar nepallik va 17 nafar shimoliy Hindiston fuqarolari bor. 1,1 mingdan oshiq kishi jarohat olgan.
12-may kuni Nepalda 7,4 magnitudali kuchli zilzila kuzatildi. Undan bir soat o‘tar-o‘tmas, 5 va 6,3 magnitudali yana ikkita yer osti silkinishi qayd etildi.
Zilzila epitsentri mamlakat poytaxti Katmandudan shimoli-sharqda, Everest yaqinida joylashdi.
Nepalda 25-aprel kuni 7,9 magnitudali zilzila ro‘y bergandi. Shundan so‘ng kuchi 3,2dan 6,9 magnitudagacha bo‘lgan 90ga yaqin aftershoklar qayd etildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, unda qurbon bo‘lganlar soni 8 mingdan oshdi.
Izoh (0)