Janubiy Koreya razvedkasi KXDR mudofaa vaziri Xyon Yon Chxol davlatga xiyonat qilishda ayblanib, qatl etilganini xabar qildi, deb yozadi “Vedomosti” Janubiy Koreya OAVlariga tayanib.
Razvedka ma’ruzasida aytilishicha, mudofaa vaziri harbiy majlis chog‘ida Kim Chen In qarshisida mudrab qolgani ayblovga asos bo‘lib xizmat qilgan. Natijada vazir zenit to‘pi bilan otilgan.
Qatl 30-aprel atrofida Pxenyandagi harbiy bilim yurti hududida amalga oshgan.
Izoh (0)