Rim papasi Fransisk ilk bor Vatikanda Kuba prezidenti Raul Kastro bilan uchrashdi. Bu haqda Meduza.io xabar bermoqda.
Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 70 yilligiga bag‘ishlangan Moskvadagi tadbirlardan qaytayotgan Kuba yetakchisi Vatikanda to‘xtab o‘tgan.
Yopiq eshiklar ortida o‘tadigan uchrashuvda Raul Kastro papa Fransiskka Amerika-Kuba munosabatlarini yaxshilashga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiradi.
Fransisk Kuba va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarda shaxsan o‘zi vositachi sifatida qatnashgani, shundan so‘ng ikki mamlakat 2014-yil dekabrida 1961-yilda uzilib qolgan diplomatik aloqalarni qayta tiklashga kirishgani haqida xabar berilgan edi.
Avvalroq papa Fransisk sentyabr oyida Kubaga tashrif buyurishi ma’lum qilingan edi. Bungacha ikki Rim papasi rasmiy tashrif bilan Kubada bo‘lgan.
Izoh (0)