AQSH Rossiya gazini Yevropaga yetkazib berish uchun “Janubiy oqim” o‘rniga boshqa, yangi gaz quvuri yotqizilishiga qarshi chiqmoqda. Bu haqda, Kommersant.ru’ning xabar berishicha, Afinadagi muzokaralar chog‘ida AQSH davlat departamentining xalqaro energetika masalalar bo‘yicha maxsus vakili Amos Xokstayn ma’lum qilgan.
Gretsiya energetika vaziri Panayotis Lafazinasning so‘zlariga ko‘ra, Gretsiya hukumati Rossiya gazini Yevropaga yetkazib berish bo‘yicha loyihani Gretsiya bo‘ylab o‘tishini to‘la qo‘llab-quvvatlaydi.
“Albatta, AQSH bunga qarshi chiqmoqda va yaqinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvimizda Xokstayn buni menga ochiqchasiga va samimiy ravishda ma’lum qildi. Shunga qaramay, biz ushbu loyiha milliy manfaatlarimizga mos, iqtisodiy va energetik jihatdan foydali deb hisoblaymiz”, - dedi gretsiyalik vazir.
Avvalroq Gretsiya tomoni “Turk oqimi” gaz quvurining bir qismi o‘z hududidan o‘tishiga qarshi emasligi haqida xabarlar berilgandi.
Izoh (0)