Nyu-Yorkdagi federal apellyatsiya sudi AQSh Milliy xavfsizlik agentligi (MXA) tomonidan telefon suhbatlari tinglanishi noqonuniyligi to‘g‘risida hukm chiqardi, deya xabar bermoqda “Vedomosti”.
Sud qarorida ta’kidlanishicha, maxsus xizmat tomonidan telefon suhbatlari qaydlarining to‘planishi uchun AQSh kongressi ruxsati kerak, biroq bunday ruxsat olinmagan. Maxsus xizmatlarning bunday xatti-harakatlari AQSh konstitutsiyasiga to‘g‘ri kelish-kelmasligi masalasi esa sudyalar tomonidan ko‘rib chiqilganicha yo‘q.
MXA ustidan da’voni huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar koalitsiyasi bergan, u shaxsiy ma’lumotlarning maxfiy tarzda yig‘ilishi so‘z erkinligining konstitutsiyaviy kafolatlari buzilishi deb atadi.
Izoh (0)