Buyuk britaniyalik 102 yoshli Jorj Kirbi va 91 yoshli Dorin Laki dunyodagi eng keksa kelin-kuyovga aylanishi mumkin, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Istbornliklarning to‘yi 13-iyun — Kirbi 103 yoshga to‘ladigan kunga belgilangan. Er-xotinning umumiy yoshi 194 yil-u 281 kunni tashkil etadi. Shu tariqa ular 2013-yilda umumiy yoshi 188 ga teng bo‘lgan juftlik tomonidan o‘rnatilgan rekordni yangilaydi.
Kirbi va Laki 27 yildan buyon birga yashaydi, ularning yetti farzandi, 15 nevarasi va yetti evarasi bor.
Izoh (0)