Urugvay hukumati mamlakatdagi 400 mingga yaqin pensionerni bepul planshet kompyuterlari bilan ta’minlaydi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” mamlakat mehnat vaziri Ernesto Murroga tayanib.
Aksiya prezident Tabare Vaskesning saylovoldi va’dalari ijrosi sifatida iyun o‘rtasidan boshlanadi. Bundan maqsad mamlakatning barcha aholisini raqamli texnologiyalar sohasiga qamrab olishdir.
Bu yil pensionerlarga 30 mingga yaqin planshet tarqatish ko‘zda tutilgan, kelgusi besh yil davomida esa ular bilan taxminan 400 ming kishi ta’minlanadi. Bunga esa kamida 30 million dollar zarur bo‘ladi.
Izoh (0)