Chili prezidenti Mishel Bachelet 6-may, chorshanba kuni kechqurun mamlakatning butun hukumatidan iste’foga chiqishni so‘raganini e’lon qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Chili vazirlari ko‘pchilik Lotin Amerikasi mamlakatlarida bo‘lgani kabi, faqat prezident oldida mas’uldir, u vazirlarni o‘z qarori bilan tayinlaydi va iste’foga chiqaradi.
“Men barcha vazirlarimdan iste’foga chiqishni so‘radim, menga kim qolishi, kim ketishini hal qilish uchun 72 soat zarur”, — dedi Bachelet mahalliy telekanal efirida.
Davlat rahbari so‘zlariga ko‘ra, u kelajakda vazirlik lavozimlarini kimlar egallashini aniqlashtirib olish uchun mamlakatni boshqarish samaradorligiga baho beradi.
Izoh (0)