Tojikiston hukumati huzuridagi Din hamda milliy an’analar, marosimlar va udumlarni tartibga solish bo‘yicha qo‘mita bundan buyon Tojikistonning 35 yoshga yetmagan fuqarolari haj safariga chiqa olmasligini ma’lum qildi, deb yozadi Asia-Plus nashri.
Qo‘mita matbuot kotibi so‘zlariga ko‘ra, qarordan maqsad keksa kishilarga ziyorat uyushtirib, azaliy orzusini ro‘yobga chiqarish imkonini berishdan iborat.
So‘nggi bir necha yil ichida Saudiya Arabistoni musulmon davlatlari, jumladan Tojikiston uchun haj kvotasini 20 foizga qisqartirmoqda, natijada ko‘plab keksa kishilar ziyoratga bora olmayapti.
Izoh (0)