Yaponiyalik sayyoh qiz Hindiston g‘arbidagi Rajastxan shtatida zo‘rlab ketildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” mahalliy nashrlarga tayanib.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 20 yoshli sayyoh qiz kechki payt Rajastxan shtati poytaxti Jaypur yaqinidagi tarixiy yodgorliklardan birida aylanib yurganida, mototsiklda bir yigit kelib, unga Jaypurni aylantirishni taklif qiladi.
Bu yerdagi kishilar ingliz tilini yaxshi bilmaganligi uchun qiynalib qolgan qiz yigitning til bilishini ko‘rib, birga aylanishga rozi bo‘ladi. Yigit Jaypurdagi ba’zi yodgorliklarni ko‘rsatgach, qizni Dudu qishlog‘i yaqinidagi xilvat joyga olib boradi va zo‘rlaydi. Qizning baqir-chaqirlariga qishloq fuqarolari yetib keladi, yovuz niyatli yigit esa yashirinishga muvaffaq bo‘ladi.
Ayni paytda politsiya jinoyatchini qidirmoqda.
Izoh (0)