Vladimir Putin ogohlantirishicha, dunyo bozorida neft narxining pasayishi teskarisiga aylanib ketishi “iqtisodiy shok”ka olib kelishi mumkin, deb yozadi “RBK”. Uning fikricha, Yaqin Sharq bozorga barqarorlik zarurligini tushuna boshlamoqda.
Bunday bayonotni Putin Misrning “Al Ahram” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi. U narxlar pasayishi tufayli neft-gaz sohasi investorlarni kamroq jalb eta boshlaganini ta’kidladi.
“Ma’lum bir vaqtda narxlar pasayishi teskari tus olib, kuchli narx korreksiyasi yuzaga kelishi mumkin, u haqiqiy iqtisodiy shok bo‘ladi. Bunday tubdan o‘zgarishlar neft ishlab chiqaruvchilariga ham, iste’molchi davlatlarga ham va umuman dunyo iqtisodiyotiga ham kerak emas”, — deya ogohlantirdi Putin.
Izoh (0)