Fransiya bosh vaziri Manuel Vals tashrif bilan borgan Marsel shahrida niqob kiygan bir necha kishi otishma sodir etdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
La Provens yozishicha, o‘qlar, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Kalashnikov avtomatlaridan otilgan.
Reuters xabariga ko‘ra, o‘t politsiyachilarga qarata ochilgan.
Otishma hududidan barcha kishilar evakuatsiya qilingan.
Hodisa natijasida jabr ko‘rganlar haqida hozircha ma’lumot berilmayapti.
Izoh (0)