Xitoyning Ichki Mo‘g‘uliston avtonom tumani sudi seriyali qotil Chjao Chjixunni o‘lim jazosiga mahkum etdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”. Uning qilgan jinoyati uchun 1996-yilda boshqa bir yigit qatl etilgan, uning aybsizligi 2014-yil dekabridagina isbotlangan edi.
42 yoshli Chjao Chjixun 2005-yilda qator jinoyatlar, jumladan 1996-yilgi qotillikni amalga oshirganligini tan olgan edi. Ushbu jinoyat uchun sud xatosi bilan, qurbonni topib, bu haqda politsiyaga xabar bergan yigit qatl etilgan edi. Qatl chog‘ida u bor-yo‘g‘i 18 yoshda bo‘lgan.
2014-yil dekabridagina u aybsiz deb topildi. Xitoy hukumati yigitning ota-onasidan uzr so‘rab, ularga 330 ming dollar miqdorida tovon puli to‘ladi.
Izoh (0)