Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi saytlarni sud ruxsatisiz yopib qo‘yish amaliyotini tadbiq etishni taklif qilmoqda. Bu haqda idora raisi o‘rinbosari Rustam Mamasodiqov parlamentning xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi majlisida aytib o‘tdi, deb yozadi “Knews.kg”.
Majlis davomida “Respublika” yetakchisi Maqsad Sobirov ta’kidlashicha, bugungi kunda milliy xavfsizlikka xatar solayotgan narsalar ko‘p. U davlat organlari ushbu yo‘nalishda ishlashi kerakligini qayd etdi.
Milliy xavfsizlik bo‘yicha davlat qo‘mitasi vakili Rustam Mamasodiqov javob berishicha, MXDQda tegishli nizomni ishlab chiqish ishlari bormoqda.
“Biz Davlat aloqa agentligi bilan muzokaralar olib bormoqdamiz. Fikrimizcha, idora litsenziyani shunchaki berishi kerak emas, u kimga berilayotganini tekshirishi kerak”, — dedi amaldor va provayderlarni agar saytlar milliy xavfsizlikka xatar soluvchi ma’lumotlarni chiqaradigan bo‘lsa, litsenziyasi olib qo‘yilishi haqida ogohlantirish zarurligini qo‘shimcha qildi.
Izoh (0)