Xitoy Xalq Respublikasi Oliy Xalq sudi 9-fevral, dushanba kuni jinoiy guruh rahbari Lyu Xan, uning ukasi Lyu Veyu va yana besh hamtovog‘iga nisbatan o‘lim jazosi hukmi chiqarilganini tasdiqladi, deb yozadi “TASS”.
Markaziy Xitoy televideniyesi xabariga ko‘ra, ularning barchasi 1993-yildan boshlab amalga oshirilgan qator jinoyatlarda aybdor deb topilgan.
Hibsga olinguniga qadar Lyu Xan Sichuan provinsiyasidagi eng yirik tog‘-kon korxonalaridan biri — “Xanlun” korporatsiyasi boshqaruv raisi lavozimini egallagan.
Xitoyning “Xujun” jurnali hisob-kitoblariga ko‘ra, 2012-yilda u Xitoyning eng badavlat fuqarolari ro‘yxatida 230-o‘rinni egallagan.
Izoh (0)