8-fevral kuni Qora dengizga AQShning USS Cole (DDG-67) raketa esminetsi kirib keldi, deb yozadi “Liga. Novosti” AQSh 6-floti rasmiy saytiga tayanib.
“USS Cole (DDG-67) mintaqada tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash uchun Qora dengizga kiradi. Cole (DDG-67)ning Qora dengizda bo‘lishi AQShning sheriklik aloqalari hamda AQSh, NATO va mintaqaviy sheriklar orasidagi hamkorlikdagi tezkor imkoniyatlarni mustahkamlash tarafdori ekanini yana bir bor tasdiqlaydi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)