O‘zbekiston Tyumen (Rossiya)da savdo uyini ochdi, deya xabar bermoqda UzDaily. 2014-yil dekabrida O‘zbekistondan Tyumen viloyatiga meva va sabzavotlarni import qilish bilan shug‘ullanuvchi “Interflayt” MChJ savdo uyi ro‘yxatga olindi.
Tyumen viloyati Savdo-sanoat palatasi vakillari 2015-yil 14-yanvarda “O‘zinterimpeks” davlat aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasi xodimlari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Tyumenga meva-sabzavot mahsulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berishni tashkil etish bo‘yicha masalalar muhokama etildi.
“O‘zinteimpeks” eksport bo‘limi mutaxassisi Jamshid Yo‘ldoshev so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Tyumen to‘qimachilik sanoati ishlab chiqaruvchilari bilan uzoq muddatli hamkorlik o‘rnatishga qiziqish bildirgan.
Izoh (0)