Arxeologlar qadimiy shahar Qozoqli-yatganni qazish ishlari chog‘ida topilgan devoriy tasvirlar mazmunini tushuntirib beruvchi yozuvlarni aniqladi, deb yozadi Uzbekistan Today.
Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanidagi ushbu arxeologik yodgorlik 2004-yilda Qoraqalpog‘iston-Avstraliya tarixshunoslari tomonidan tadqiq etila boshladi. Ilk dala mavsumidayoq u yerdan devoriy suratlar topilgan edi.
Tasvirlar orasida boshiga toj kiygan kishilar bor. Ushbu portretlarda kimlar tasvirlangani shu paytgacha faqat faraz etilgan bo‘lsa, yaqinda topilgan qadimiy Xorazm tilidagi yozuvlar buni aniq tushuntirib berishi mumkin.
Izoh (0)