Joriy yilning birinchi choragida metropoliten yo‘lovchilariga xizmat ko‘rsatish uchun noyob dizaynga ega bo‘lgan oltita vagon ishga tushiriladi, deya xabar bermoqda “Podrobno.uz” “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv raisi Otabek Sodiqovga tayanib. Ular yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash bo‘yicha Toshkent zavodida rekonstruksiya va modernizatsiya qilindi.
Yangi vagonlarga Toshkent—Samarqand yo‘nalishida qatnovchi “Afrosiyob” tezyurar poyezdi ko‘rinishi beriladi. Mahalliy mutaxassislar vagonlarning ichki interyeri va texnologik xususiyatlarini butunlay o‘zgartirdi. Endi ular yana 15 yil davomida xizmat qilishi mumkin. Ushbu maqsadlarga 6,7 milliard so‘m sarflandi.
Izoh (0)