“Mobinfo.uz” nashri Android-qurilmalar uchun AutoMath Photo Calculator dasturi haqida taqriz yozdi. Qayd etilishicha, u mobil qurilma kamerasi yordamida matematik masalalarni tanib oladi va shu zahoti yechimini chiqarib beradi.
Dastur internetga ulanmasdan turib qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish, bo‘lish, tengsizlik, kvadrat ildizlar, trigonometrik ifodalar, tenglamalar kabi 250 dan ortiq matematik funksiyalarni yecha oladi.
Bundan tashqari, AutoMath Photo Calculator yechimning qadam-baqadam algoritmini ko‘rsatib beradi. Dasturda ichki redaktor bo‘lib, uning yordamida noto‘g‘ri tanilgan belgilarni qo‘lda to‘g‘rilash mumkin.
Izoh (0)