“Levada markazi” jamiyatshunoslari rossiyaliklar kimni “yil odami” deb bilishlarini aniqladi, deya xabar bermoqda “Vesti.ru”. Reytingda yana Vladimir Putin yetakchilik qildi. U ushbu ro‘yxatda ketma-ket 2008-yildan buyon birinchi o‘rinni egallab kelmoqda.
So‘ralganlarning 57 foizi Putinni yil odami deb atadi. Ikkinchi o‘rinni 9% ko‘rsatkich bilan mudofaa vaziri Sergey Shoygu, uchinchi pog‘onani Sergey Lavrov (8%) band etdi. Beshlikka bosh vazir Dmitriy Medvedev (4%) va RLDP yetakchisi Vladimir Jirinovskiy (3%) ham kirdi.
Izoh (0)