Iroq prezidenti Fuad Maasum Buyuk Britaniya pasportidan voz kechdi. “TASS”ning “As-Sumariya” telekanaliga tayanib xabar berishicha, respublika rahbari hujjatni qirollik hukumatiga qaytarib yuborib, unga “diktatura davrida erkin ko‘chib yurish va sayohat qilish” imkoniyati berilgani uchun minnatdorlik bildirdi.
“Buyuk Britaniya elchixonasi prezidentdan xat, shuningdek hurmat va minnatdorlik bilan qaytarilgan pasportni qabul qildi”, — deyiladi Maasum kanselyariyasi tarqatgan xabarda.
1980-yillarda Kurdiston Vatanparvarlik ittifoqi asoschilari Fuad Maasum va Jalol Talabaniy (2005—2014-yillarda Iroq prezidenti bo‘lgan) Buyuk Britaniyaga qochib ketishga majbur bo‘lgan edi, Iroqda ular siyosiy sabablar bilan ta’qib qilinayotgan edi.
Izoh (0)