Chechenistonning Grozniy shahrida vatanparvarlik mitingi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Vesti.ru”. Mahalliy stadionga 20 mingdan ortiq kuchlar tuzilmalari xodimlari to‘plandi.
Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov chechen xalqi va butun Rossiya xalqlariga murojaat bilan chiqdi. “Biz Vladimir Putinning harbiy piyoda askarlari ekanligimizni butun dunyoga ma’lum qilamiz. Agar buyruq kelib tushsa, buni amalda isbotlaymiz”, — dedi u.
Izoh (0)