Indoneziyaning Surabaya shahridan Singapurga yo‘l olgan Malayziyaning Air Asia kompaniyasiga tegishli Airbus 320-200 samolyoti noqulay ob-havo sharoiti tufayli Belitung oroli yaqinida suvga qulab tushdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” mahalliy OAVlarga tayanib.
Indoneziya transport vazirligi vakili so‘zlariga ko‘ra, Jakartadagi havo harakati ustidan nazorat xizmatining layner bilan aloqasi mahalliy vaqt bilan 6:17 (Toshkent vaqti bilan 4:17) da uzilib qolgan.
Samolyotda jami 155 yo‘lovchi bo‘lib, ularning 149 nafari indoneziyalik, uch nafari koreyalik, bir nafari britaniyalik va yana biri malayziyalik.
Izoh (0)