Ukrainaning Lvovskaya viloyati Striy shahridagi Rinok maydonida chuchvara yeyish bo‘yicha musobaqaning 51 yoshli g‘olibasi vafot etdi. Bu haqda “Segodnya” xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘sha paytda Rinok maydonida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar yarmarka-festivali o‘tkazilayotgan bo‘lgan. Ayol yarmarka tashkilotchilari tomonidan chuchvara yeyish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda g‘olib chiqqan. Mukofotlash chog‘ida u to‘satdan o‘zini yomon his qilib, hushidan ketgan. Chaqiruv bo‘yicha zudlik bilan yetib kelgan shifokorlar ayolning o‘limini qayd etgan.
Ayni paytda sud-tibbiy ekspertiza o‘tkazilmoqda, uning natijalariga ko‘ra, ayol vafotining sababi aniqlanadi.
Izoh (0)