Burkina-Fasodagi o‘tish davrida diplomat Mishel Kafando prezidentlik lavozimini egalladi, deya xabar bermoqda Reuters.
Uning nomzodi armiya, ruhoniylar va siyosiy muxolifat vakillaridan iborat maxsus kengash majlisida tasdiqlandi. Burkina-Fasoning muvaqqat prezidenti lavozimiga jami besh nafar nomzod da’vogarlik qilgan edi.
Endi Kafando mamlakat bosh vaziri, shuningdek o‘tish davri hukumatining 25 nafar vazirlarini tayinlashi kerak bo‘ladi. Shu bilan birga u 2015-yilda o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlarida o‘z nomzodini taqdim eta olmaydi.
72 yoshli Kafando avvalroq Burkina-Faso tashqi ishlar vaziri, shuningdek mamlakatning BMTdagi doimiy vakili bo‘lgan.
Burkina-Fasoning sobiq prezidenti Blez Kompaore 31-oktabr kuni ommaviy norozilik harakatlaridan so‘ng davlat rahbari lavozimidan ag‘darildi. O‘shanda namoyishchilar Burkina-Faso parlamenti va davlat televideniyesi binosini egallab olib, “qora bahor” boshlanganini e’lon qilgan edi.
Izoh (0)