“Vishegrad to‘rtligi” davlatlari (Vengriya, Polsha, Chexiya va Slovakiya) prezidentlari Qrimning Rossiya tomonidan egallab olinishi tajovuz ekanligiga qo‘shildi. Bu haqda Slovakiya prezidenti Andrey Kiska 16-noyabr kuni Bratislavada bo‘lib o‘tgan “Vishegrad guruhi” majlisidan so‘ng matbuot anjumanida aytib o‘tdi, deb yozadi “Segodnya”.
U “muvaffaqiyatli chegaradosh qo‘shni — Ukrainaning ‘Vishegrad guruhi’ mamlakatlari, Yevropa va butun dunyo uchun foydasi tegishi”ni ta’kidladi.
“To‘rtlik” mamlakatlari prezidentlari fikricha, Ukraina inqiroziga munosabatlar masalasida Yevropa ittifoqi “umumiy pozitsiyaga ega bo‘lishi va Ukraina bilan hamfikr bo‘lishi” kerak.
Avvalroq Pyotr Poroshenko va “Vishegrad to‘rtligi” davlatlari rahbarlari Bratislavada yangi formatdagi hamkorlikni ta’sis etish haqida kelishib olgani xabar berilgan edi. Ular shu jumladan, tashqi ishlar va mudofaa vazirlari darajasida doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish haqida bitim tuzdi.
Izoh (0)