17-noyabr, dushanba kuni Avstraliya va Xitoy Xalq Respublikasi erkin savdo haqidagi bitim bo‘yicha o‘n yil davomida olib borilgan ikki tomonlama muzokaralar yakuni sifatida birgalikdagi deklaratsiyani imzoladi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Hujjatga ko‘ra, Avstraliya to‘rt yil davomida mamlakatga kirib kelayotgan Xitoy mahsulotlariga boj solmaydi. Xitoy, o‘z navbatida, Avstraliya importining 93 foizi uchun bojni bekor qiladi.
Bundan tashqari, Pekin va Kanberra bir-biriga investitsiya sohasida mumkin qadar qulaylik berish rejimini taqdim etadi.
Izoh (0)