Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Donbassdagi ayirmachilarni qamalda qolgan ukrain harbiy xizmatchilari uchun gumanitar koridor ochishga chaqirdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmatiga tayanib, Korrespondent.net xabar berdi.
“Men ayirmachilarni qurshovda qolgan Ukraina harbiylariga, behudaga qurbonlar kelib chiqmasligi, ularga jangovar harakatlar hududidan to‘siqlarsiz chiqib ketishga va o‘z oilalari bag‘riga qaytishiga imkon yaratish, harbiy operatsiya natijasida yaralanganlarga tezkorlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatish uchun gumanitar koridor ochishga da’vat etaman”, — deyiladi Rossiya prezidenti murojaatida.
Nashrning eslatishicha, avvalroq ayirmachilar Rossiyaning o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga qiziqish bildirmasliklarini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)