AQSh prezidenti Barak Obama Donbassdagi nizolarni hal etishda AQSh harbiy aralashuvini istisno qildi, deya xabar bermoqda “Segodnya”.
“Biz harbiy harakatlarni Ukraina muammolarining yechimi deb bilmaymiz”, — dedi u Oq uydagi nutqi chog‘ida.
Shu bilan birga, u NATO a’zolari himoya qilinishini ta’kidladi.
“Ukraina NATOga a’zo emas. Biroq uning yaqinida joylashgan qator davlatlar Alyansga kiradi. Va biz bir-birimizni himoya qilish majburiyatimizga jiddiy yondashamiz”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Amerika prezidentining qayd etishicha, u sentabrda Vashingtonda Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoni qabul qiladi.
Izoh (0)