Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT)da raislik qiluvchi Shveysariya 28-avgust kuni YeXHT doimiy kengashining Ukrainadagi vaziyatga bag‘ishlangan favqulodda majlisini o‘tkazadi. “ITAR-TASS” xabariga ko‘ra, majlis Tashkilotning Venadagi bosh qarorgohida mahalliy vaqt bilan 11:00 (Toshkent vaqti bilan 14:00)da bo‘lib o‘tadi.
Xaba berilishicha, majlisni tashkil etish qarori hafta davomida qabul qilingan. Mamlakatlarga taklifnomalar yaqindagina yuborilgan.
Nashrning eslatishicha, odatda avgust oyida tashkilot doimiy kengash majlisini to‘plamaydi. Biroq tashkilotga a’zo 57 mamlakat uchun oy boshidan buyon bu ikkinchi “maxsus” uchrashuv bo‘ladi.
Izoh (0)