Yaqinda Toshkentda limuzinning “MAN” yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketishi natijasida bir kishi halok bo‘ldi, yana uch kishi turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazildi. Bu haqda “Noviy vek” respublika ichki ishlar vazirligiga tayanib xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, to‘y tantanasi uchun ijaraga olingan limuzin kunduz kuni Ohangaron shahridan poytaxtga qarab harakatlanayotgan bo‘lgan. Yo‘l-transport hodisasi Toshkentga kirib kelishdagi “Rohat” posti hududida sodir bo‘lgan.
“Voqea natijasida 1990-yilda tug‘ilgan yigit halok bo‘ldi. Afsuski, qurbon kuyov bola edi” — dedi nashr manbasi.
Izoh (0)