O‘zbekiston axborot-kutubxona muassasalarining 11 nafar mutaxassislari Koreya Respublikasida o‘z kasbiy malakasini oshirmoqda. Ular Koreyadagi Kyonxi universiteti Markaziy kutubxonasida 2014-yil 2-iyulgacha o‘qitiladi. Bu haqda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi matbuot xizmati xabar berdi.
Kutubxonadagi foydalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, qulayliklar va imkoniyatlar, multimediali nashrlar fondi, ulardan foydalanish uchun taqdim etilgan maxsus qurilmalar ularda katta taassurot qoldirdi.
Tashrif Koreyadagi eng yosh shaharlardan biri Sejong shahridagi yangi barpo etilgan 2013-yil 13-dekabrda foydalanishga topshirilgan Sejong Milliy kutubxonasida davom ettirildi.
Kutubxona binosi kutubxonalar ichida dunyo bo‘yicha eng chiroyli binolardan biri hisoblanadi. Milliy kutubxonada imkoniyati cheklangan foydalanuvchilarga ham barcha qulayliklar yaratilgan.
Zamonaviy mobil tokchalari alohida kitobxonlar guruhiga moslab tashkil etilgan. Kutubxonaga har kuni 2000 dan ortiq foydalanuvchining kelishiga imkoniyat yaratilgan. Kutubxonada quyosh energiyasidan foydalanish tufayli 30% elektr energiyasi tejalmoqda.
Izoh (0)