Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi yo‘l-transport hodisasi tufayli avtomobilda bo‘lgan pullar yerga sochildi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlaraning foydalanuvchilari xabariga asoslanib “Kun” ma’lum qildi.
Hodisa 27-iyun, jumada, kunning ikkinchi yarmida, Kichik halqa yo‘lining sobiq “Komfort-elit” do‘koni qarshisi (Do‘mbirobod)dagi qismida sodir bo‘lgan.
Yo‘l-transport hodisasi natijasida to‘qnashgan mashinalardan biri ag‘darilib ketgan, unda ishtirok etgan inkassator mashinadan pullar sochilib ketgan.
Hodisa natijasida biror kishi jabr ko‘rgan-ko‘rmaganligi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar yo‘q. Sochilgan pullarni yig‘isha o‘tkinchi yo‘lovchilar yordam berishgan.
Twitter’dagi @sarlavha (Linksiz xabarlar) akkaunti tomonidan hodisa joyidan olingan videofayl yuklangan, unda odamlar pul terib olayotganini ko‘rish mumkin.
Tuzatish: Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining taxminiga ko‘ra YTHda inkassator mashinasi qatnashgan, ammo bu haqda aniq ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)