BMT Bolalar fondi (YuNISEF)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi O‘zbekistonda “Kuch — birlikda” birinchi ilmiy-ko‘ngilochar serialini teleefirga uzata boshladi. Bu haqda Gazeta.uz xabar berdi.
Serial rejissori – Andrey Afrin, ssenariy mualifi Marina Xramova va Feruza Turadxo‘jayeva. Serial dushanbadan jumagacha soat 10:50 da “Yoshlar” telekanali orqali namoyish etiladi.
O‘n besh qism mobaynida serial jamoasi – O‘zbekistonning har xil burchaklaridan kelgan yetti nafar bosh qahramon dunyoviy kompyuter idroki bergan topshiriqlarni bajaradi. Topshiriq mohiyati turli vaziyatlarni va ijtimoiy muommolarni hal etishdan iborat.
Sog‘liqni saqlash, ta’lim, maktabgacha tarbiya va ko‘plab boshqa mavzular g‘aroyib, novatorlik usulida ochiladi.
“Kuch — birlikda” teleseriali bir yil mobaynida ishlab chiqilgan. Teleserialga 150 dan ortiq 3 yoshdan 76 yoshga qadar bo‘lgan aktyorlar jalb qilingan.
Syomkada taniqli aktyorlar Muhabbat Abdullayeva, Dono Boboxonova, Rustam Karimov, Xosiyat Husanova, Feruza Boboyorova, Yodgor Ziyomuhammedov, Anvar Kenjayev, Muhammadjon Xo‘jayev va boshqalar suratga tushgan.
Izoh (0)