O‘zbekiston hukumati 20-iyun kuni shaxmat bo‘yicha bolalar-o‘smirlar respublika ixtisoslashgan olimpiya zaxiralari sport maktabi faoliyatini tashkil etish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda Gazeta.uz xabar berdi.
Hujjatga ko‘ra, maktab majmuasi poytaxtdagi Anhor bo‘yi ko‘chasida quriladi. Toshkent shahri hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi buyurtmachi etib, “ToshuyjoyLITI” OAJ bosh loyihalovchi tashkilot va “12-trest” OAJ bosh pudratchi tashkilot etib belgilandi.
Obyekt uchun qurilish materiallari, asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, mebellar, inventarlar va moddiy-texnika resurslari ishlab chiqaruvchilari va yetkazib beruvchilarining eng yaxshi takliflarini tanlab olish bo‘yicha Komissiya tarkibi tasdiqlandi.
Izoh (0)