Qozog‘iston Parlamenti Senati “Qozog‘iston Respublikasi Hukumati va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida chegara vakillari faoliyati haqidagi Bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildi. Bu haqda UzDaily xabar berdi.
Bitim 2000-yil 13-dekabrda Toshkentda imzolangan.
Chegara vakillari —chegara xizmati harbiy xizmatchilari ichidan davlat chegarasining belgilangan rejimini ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni hal qilish uchun tayinlangan mansabdor shaxs.
Bitim davlat chegarasi rejimini ta’minlash, chegara vakillari faoliyatining yuridik asoslari va shartlarini yaratish hamda qo‘shni davlatlar chegara idoralari bilan do‘stona aloqalar o‘rnatishga yo‘naltirilgan.
Izoh (0)