“Yevropa Ittifoqi bilan assotsiatsiya haqidagi bitim — Gruziya, Ukraina va Moldaviya yevropacha yo‘lining boshlanishi”. Yevrokomissiya rahbari Joze Manuel Barrozu hujjatlarni imzolash marosimida bunday bayonot bilan chiqdi, deya xabar berdi Euronews.
Ukraina va YeI bitimning iqtisodiy qismini imzoladi. Siyosiy qismi 21-martda tuzilgan edi.
Ushbu bitimlar Ukraina, Gruziya va Moldaviya qonunchiligining YeI me’yorlariga moslashtirilishi hamda erkin savdo zonasi tuzilishini nazarda tutadi. Ushbu davlatlarning Yevroittifoqqa a’zo bo’lishi haqida hozircha so‘z ochilmadi.
Izoh (0)