Afg‘onistonda xalqaro aksilterror koalitsiyaga a’zo mamlakatlar qo‘shinlarni chiqarib olishga biroz shoshdi. Bunday fikrni Rossiyaning Afg‘onistondagi elchisi Andrey Avetisyan jurnalistlar bilan intervyuda Afg‘oniston terrorchilarga qarshu mustaqil kurasha oladimi, yo‘qmi, degan savolga javoban bildirdi. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar berdi.
“Ayni paytda Afg‘oniston milliy xavfsizlik kuchlari yaxshi natija ko‘rsatmoqda. Biroq bu Xalqaro xavfsizlikka ko‘mak kuchlari sharofati bilan bo‘lmoqda, — dedi diplomat. — Ular ketganidan so‘ng mamlakatda 350 ming kishilik armiya va politsiya qoladi. Biroq afg‘on hukumati bunday ulkan milliy xavfsizlik kuchlarini ta’minlay olmaydi”.
Bundan tashqari, Avetisyan afg‘on armiyasida aviatsiya va og‘ir qurollarning yo‘qligini ham ta’kidladi.
Izoh (0)