Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Strasburgda Yevropa Kengashi Parlament assambleyasida so‘zga chiqdi. Bu haqda Euronews xabar berdi.
Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirar ekan, Poroshenko ushbu voqealar yangi Yevropani shakllantirishini aytdi. “Yevropaning kelajagi Ukrainadagi nizolar qanday yo‘l bilan: xalqaro huquq yoki kuchli tomon huquqlari asosida hal qilinishiga bog‘liq”, — dedi u.
Shuningdek, prezident Ukrainadagi tinchlik rejasi ish bermasa, boshqa muhim chora-tadbir ko‘rilishini aytdi. “Aynan qanday chora ekanini ayta olmayman”, — dedi Poroshenko.
Izoh (0)