BMT Bosh Assambleyasi Iordaniya shahzodasi Zeid al Husaynni inson huquqlari bo‘yicha oliy komissar lavozimiga tayinladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Avvalroq butunjahon tashkiloti bosh kotibi Pan Gi Mun Iordaniya shahzodasi nomzodini tasdiqlash niyatini bildirgan edi.
Ayni paytda BMT qoshidagi Iordaniya doimiy vakolatxonasiga rahbarlik qiladigan Zeid al Husayn inson huquqlari bo‘yicha komissarlik lavozimiga sentabrda rasman kirishadi, u Janubiy afrikalik Navi Pilley o‘rnini egallaydi.
BMT Bosh Assambleyasida so‘zga chiqar ekan, shahzoda Zeid o‘zining Osiyo mintaqasi, shuningdek musulmon va arab dunyosidan chiqqan birinchi oliy komissar bo‘lishini ta’kidladi.
Izoh (0)