25 yoshli xitoylik futbol ishqibozi jahon chempionati musobaqalarini ko‘rib, uyquga to‘ymaslikdan vafot etdi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabariga asoslanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Suchjou shahrida yashovchi yigit shanba kuni tongda o‘z xonasidagi televizor qarshisida o‘lik holda topilgan. Televizorda esa futbol bo‘yicha jahon chempionati translyatsiyasi borayotgan bo‘lgan.
Shifokorlar yosh yigitning o‘limi uyqusizlik bilan bog‘liqligiga shubha bilan qaramoqda. Biroq hozircha o‘lim sababi aniqlanmagan. Yigitning kuchli charchoq yoki yurak xurujidan vafot etgani taxmin qilinmoqda. Tibbiyot xodimlari futbol muxlislarini o‘z sog‘liqlariga e’tiborli bo‘lishga chaqirmoqda.
Nashrning ta’kidlashicha, Braziliya va Xitoy vaqti o‘rtasidagi farq 11 soatga teng.
Izoh (0)