“Gazprom” muzokaralarda “Kiyev tovlamachilik qilgani tufayli” Ukrainaga gaz uchun oldindan to‘lov joriy qilganini Ukraina bosh vaziri Yatsenyuk boshqacha izohlamoqda, deb xabar berdi Euronews.
“Gazning bunga daxli yo‘q. Bu Rossiyaning Ukrainani yo‘q qilib tashlash bo‘yicha bosh rejasi!” — deya ta’kidladi Yatsenyuk hukumat majlisida.
Bosh vazir so‘zlariga ko‘ra, ushbu rejaning amalga oshirilishi Qrimni zabt etish bilan boshlanib, endi energetika sohasida davom etmoqda.
Energetika bo‘yicha yevrokomissar Gyunter Ettingerning aytishicha, bunday vaziyatda YeI Ukraina va Rossiyani gaz muzokaralarining yangi raundiga taklif qilishi mumkin.
Izoh (0)