Rim papasi Fransisk er-xotinlarni uy hayvonlari o‘rniga farzandli bo‘lishga chaqirdi. The Huffington Post gazetasi xabar berishicha, Vatikandagi ibodat vaqtida pontifik o‘z rohatlari buzilishidan qo‘rqib, bola ko‘rishni istamaydigan oilalarni keskin tanqid qildi.
“Siz xohlagan vaqtingizda dunyo bo‘ylab sayohat qila olasiz, ta’tilga chiqa olasiz, qishloq joyda villa sotib ololasiz, tashvishsiz hayot kechira olasiz. Albatta it va mushuk boqib, ularga mehr berish ancha oson. Biroq qachondir keksayasiz va yolg‘izlanib qolasiz”, — dedi Fransisk.
Yaqinda demografik vaziyat haqida ma’lumotlar e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSh va Yevropada tug‘ilish darajasi tushib bormoqda. Italiyada o‘tgan yili ushbu ko‘rsatkich eng past darajaga yetib, 515 ming kishini tashkil qildi.
Izoh (0)