• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12715.13
    • RUB161.75
    • EUR14730.48
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino Farzand

    Ham ko‘ngilochar, ham tarbiyaviy: farzandlar bilan birga ko‘rishga arzigulik 5 ta film

    Oilaviy kechalar unutilmas bo‘lishining eng yaxshi usullaridan biri farzandlar bilan birga yaxshi film tomosha qilishdir. Bunday vaqtni mazmunli o‘tkazish, bolalar bilan yangi mavzularda suhbat qurish hamda ularga yangi saboq berish uchun quyida biz to‘plagan filmlar yordam beradi.

    Foto: Kino.mail.ru
    Foto: Kino.mail.ru

    “Tom Soyer”

    Mark Tvenning “Tom Soyerning sarguzashtlari” romani 2026-yilda nashr etilganiga 150 yil to‘ladi. Dunyo va zamon uzoq vaqt davomida keskin o‘zgarib ketganiga qaramay, asar hanuz dolzarbligini yo‘qotmagan. Asardagi bosh qahramonlar taxminan 10–12 yoshli o‘smirlar — Tom Soyer va Gek Finn. Ular elektron gadjetsiz, bolalarga xos sarguzashtlarga to‘la hayot kechiradi.

    Foto: Kino.mail.ru
    Foto: Kino.mail.ru

    Bugungi kun mezonlariga ko‘ra, filmdagi ayrim sahnalar, masalan, bolani savalash kadrlari bugungi tarbiya tamoyillariga mos kelmasligi mumkin. Ammo bu orqali Tom har doim bajargan ishlari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi ko‘rsatiladi. Bu esa zamonaviy bolalarda yetishmaydigan muhim jihatlardan biridir.

    “Tom Soyerning sarguzashtlari” turli mamlakatlarda bir necha bor ekranlashtirilgan, masalan, rus kinosi ishqibozlari uchun 1981-yilda suratga olingan uch qismli film (bosh rollarda Fyodor Stukov va Vladislav Galkin)ni tavsiya etish mumkin. Amerika filmlarini yoqtiruvchilar esa 1973-yilda suratga olingan versiyani tomosha qilishlari mumkin. Shuningdek, 2011-yilda Germaniyada ishlangan film ham bor. Unda Tom rolini yosh aktyor Luis Xofmann gavdalantirgan.

    “Enni”

    Foto: Kino.mail.ru
    Foto: Kino.mail.ru

    “Enni” musiqiy filmining bosh qahramoni o‘n yoshli qizaloq bo‘lib, u spirtli ichimlikka mukkasidan ketgan miss Xannigan (Kameron Dias ijrosida) boshchiligidagi bolalar uyida tarbiyalanadi. Enni haqiqiy ota-onasini topish umidida yashaydi, ammo taqdir uni Nyu York meri lavozimiga nomzod bo‘lgan Uill Staks (Jeymi Foks) bilan uchrashtiradi. Staks qizaloqni mashina urib ketishidan so‘nggi daqiqada qutqarib qolgan video internetda tarqaladi. Uning jamoasi Enni orqali PR kampaniya o‘tkazmoqchi bo‘ladi, ammo quvnoq va sho‘x qizaloq Enni ularning hayotini butkul o‘zgartirib yuboradi.

    “Terabitiya mamlakati sari”

    Foto: Kino.mail.ru
    Foto: Kino.mail.ru

    Gabor Chuponing “Terabitiyaga mamlakati sari” nomli fantastik dramasi beshinchi sinf o‘quvchisi Jess Aaron haqida hikoya qiladi. U kamgap, tortinchoq bola. Jessning na do‘stlari bor, na biror qiziqishi. U ota-onasi bilan ham yaxshi til topishmaydi. Bir kuni u qo‘shni qiz Lesli (Anna-Sofiya Robb) bilan tanishadi va ular do‘st tutinadi. Birgalikda ular “Terabitiya” deb nomlangan sehrli olamni kashf qiladi. Bu dunyo ularning haqiqiy hayotdagi hissiyotlarini aks ettiradi. Ammo Leslining kutilmagan o‘limi bu go‘zal ertakka yakun yasaydi. Shunga qaramay, Jess bu do‘stlik orqali ancha ulg‘ayadi va xarakterini o‘zgartiradi.

    “Ulg‘aygan”

    Foto: Kino.mail.ru
    Foto: Kino.mail.ru

    1988-yilda rejissyor Penni Marshall tomonidan suratga olingan “Ulg‘aygan” filmi ajoyib oilaviy dramadir. Bosh rolni aktyor Tom Henks ijro etgan. Bu roli uchun u “Oltin globus” mukofotiga sazovor bo‘lgan, shuningdek, “Oskar” nominatsiyasini ham qo‘lga kiritgan.

    Filmda 13 yoshli Joshua Baskin tezroq katta bo‘lishni orzu qiladi va ertasi kuni uyg‘onganida o‘zini 30 yoshli erkak tanasida topadi. Uning kattalarga xos hayoti yomon bo‘lmaydi: Joshua o‘yinchoqlar ishlab chiqaradigan kompaniyada ishlaydi, yaxshi maosh oladi, hashamatli kvartirada yashaydi. Ammo uning qalbi hanuz bolalik sog‘inchi bilan to‘lib-toshadi.

    “Mening qattiqqo‘l enagam”

    Foto: Kino.mail.ru
    Foto: Kino.mail.ru

    Aktrisa, rejissyor va ssenarist Emma Tompson “Mening qattiqqo‘l enagam” filmining ssenariysi ustida to‘qqiz yil davomida ishlagan va unda bosh rolni o‘zi ijro etgan. 2005-yilda ekranlarga chiqqan film yaxshi daromad ko‘rgan va tanqidchilar tomonidan iliq kutib olingan. Shu sababli besh yildan so‘ng uning ikkinchi qismi ham suratga olingan.

    Voqealar Viktoriya davridagi Angliyada kechadi. Film markazida o‘z rafiqasidan ajralgan janob Braun (Kolin Firt) va uning yetti nafar nihoyatda sho‘x farzandlari turadi. Bolalar ustidan nazoratni yo‘qotgan Braun uyiga birdaniga enaga MakFi taklif etiladi. U bolalarning o‘jarligini ijobiy energiyaga aylantira oladi.

    19 may, 11:40   Izoh (0)   2277
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #kino#film#bolalar#oilaviy

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sahna va mashhurlikni yoqtirmaydigan odamovi yulduzlar

    14 may, 12:16

    Blokbaster filmlaridan qolishmaydi: tarixdagi eng ko‘p daromad keltirgan 7 multfilm

    13 may, 16:50

    Turkiyaning ekran qarshisiga mixlab qo‘yadigan mini seriallari 

    13 may, 21:35

    Aktyor Tom Kruz hech qanday xavfsizlik vositalarisiz London kinoteatri cho‘qqisiga chiqdi

    13 may, 18:15

    Jeki Chan xavfli tryuklarni mustaqil bajarishni qachon to‘xtatishini aytdi

    13 may, 20:25

    “Muhtasham yuz yil”ning qaysi aktyori serialdagi ishtiroki uchun eng ko‘p gonorar olgan?

    14 may, 18:30

    Oq otdagi shahzodasini kutayotgan o‘zbek shou-biznesi vakillari

    13 may, 19:40

    So‘nggi besh yil ichida eng yuqori reytingga ega bo‘lgan 10 ta turk seriali

    14 may, 20:30

    Sevgi uchburchagi, tryuklar va kesilgan sahnalar: “Zita va Gita” filmining kadr ortida nimalar yashiringan?

    14 may, 15:40

    “Psixo”dan “Parazitlar”gacha: kinematografiyani o‘zgartirib, kino sanoatida inqilob yasagan filmlar

    16 may, 15:55

    Kann kinofestivali ishtirokchilariga ochiq kiyinish taqiqlandi

    13 may, 18:55

    “Ijodkorning qadri yo‘q” — 17 ta xalqaro festivalda g‘olib bo‘lgan yosh rejissyor “O‘zbekkino”dan norozi (video)

    15 may, 13:14

    Sevimli multfilm qahramonlarimizning dastlabki eskizlari qanday bo‘lgan?

    14 may, 08:58

    Vaqt sinovidan o‘tgan: bosh rollarni qayta-qayta ishonib topshiriladigan 5 ta kino juftlik

    14 may, 22:30

    Kann kinofestivali ochilish marosimidagi yulduzlarning eng yorqin obrazlari

    14 may, 14:50

    Aktyor Tom Hardi jangari filmlardagi rollari tufayli sog‘lig‘i yomonlashganidan shikoyat qildi

    14 may, 16:50

    Xonanda Madonna hayoti haqida serial suratga olinadi

    15 may, 07:45

    Ob-havodan tortib noyob kompyutergacha: “Ishdagi ishq” filmining kadr ortida nimalar sodir bo‘lgan?

    15 may, 21:30

    Robert De Niro “Oltin palma yaprog‘i”ni qo‘lga kiritdi va Donald Trampni tanqid qildi

    14 may, 23:25

    Bolaligimizdagi mashhur ertak qahramonlari yangi talqindagi filmlarda qanday ko‘rinishga ega?

    15 may, 13:59

    Turkiyalik aktrisa Hande Erchel Kann kinofestivalida ishtirok etmoqda

    15 may, 15:08

    Tom Kruzga Kann kino festivalida yetti daqiqa davomida qarsak chalindi

    15 may, 19:40

    Arnold Shvarseneggerning o‘g‘li birgina mahsulotdan voz kechib, 14 kiloga ozdi

    18 may, 14:55

    Aktyor Jerar Depardye jinsiy zo‘ravonlikda ayblanib, shartli qamoq jazosiga hukm qilindi

    16 may, 10:00

    “Tolibon” Afg‘onistondagi yagona kinostudiyani yopdi 

    16 may, 09:43

    “Qabristonga borib, lahad ichiga tushib turaman” — aktrisa Vazira Yunusova 

    16 may, 12:50

    Xayriya ishlari bilan ham muxlislar qalbini zabt etgan 5 nafar hind aktyori

    16 may, 18:30

    Yuriy Nikulinning qaysi so‘zlari tufayli “Kavkaz asirasi” suratga olinmay qolishi mumkin edi?

    16 may, 21:35

    Barcha davrlarning eng yaxshi saundtreklari: afsonaviy qo‘shiqlar va nostalgiya hissini uyg‘otuvchi kuylar

    17 may, 10:00

    Jeff Bezosning qallig‘i Parijda dabdabali qiz bazmini o‘tkazdi

    18 may, 17:55
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Xitoy” sanoat va infratuzilma makoni" uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqishni taklif qildi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 19:30

    Instagram’dagi sahifasidan ham mo‘may pul ishlab topadigan hindistonlik mashhurlar

    Layfstayl | 17 iyun, 19:15

    “Andijon do‘ppisi” geografik ko‘rsatkich sifatida patentlandi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 19:05

    Vaqtingizga achinmaysiz: 2025-yilning birinchi yarmida namoyish etilgan eng sara koreys doramalari

    Layfstayl | 17 iyun, 18:55

    Toshkentdagi bozorda ilonning boshini uzib, uni so‘ygan qizga chora ko‘rildi (video)

    O‘zbekiston | 17 iyun, 18:38

    Putin Tojikistonning elektr energiyasi uchun 300 mln dollarlik qarzidan kechdi

    Dunyo | 17 iyun, 17:56
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.